So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Navoiyda jinoiy guruh aʼzolari MCHJ hisobiga 35 mlrdga yaqin zarar yetkazgani maʼlum boʻldi
Navoiyda uyushgan jinoiy guruh tomonidan masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning biriga 35 mlrdga yaqin, jami esa 52 mlrddan ortiq zarar yetkazgani aniqlangan. Bu haqda Effect.uzʻga MCHJ vakili maʼlumot berdi.

Taʼkidlanishicha, jabrlanuvchi sifatida “Aqua – Tudakul” MCHJ qoʻshma korxonasi eʼtirof etilgan boʻlib, ayni kunlarda Navoiy shahar Jinoyat ishlari boʻyicha sudida sudya M.Kamalov raisligida sudlanuvchilar: “Golden Lake Fish” MCHJ rahbar va taʼsischilaridan boʻlgan A.X, P.R, A.T va B.Yaga nisbatan ish koʻrish boshlangan.
Qayd etilishicha, sudlanuvchilar Buxoro viloyati Prokuraturasi tomonidan oʻtkazilgan tergov harakatlari davomida JKning 181*1-modda (Qasddan bankrotlikka olib kelish), 189-modda (Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish), 227-modda (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) va 243-moddalar (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) kabi jinoyatlarni amalga oshirgan deb topilgan boʻlib, ularga nisbatan jinoyat harakatlari qoʻzgʻatilgan. Tergov yakunlangach ish Navoiy shahar Jinoyat ishlari boʻyicha sudiga yuborilgan, jinoyat ishi boʻyicha sud tergovi davom etmoqda.
Hozirgi kunda sudlanuvchilar A.X, B.Ya, P.R va A.T tomonidan “AQUA-TUDAKUL” QK MCHJga yetkazilgan 34 mlrd. 763 mln. 586 ming soʻmlik zarar qoplanmaganligi hamda davlatga majburiy toʻlovlardan hosil boʻlgan 8,0 mlrd.dan ortiq soliqlarni qasddan yashirish orqali, juda koʻp miqdordagi zarar hamda Davlat bojlari bilan bogʻliq boʻlgan 2,0 mlrd.dan ortiqroq zararlar qoʻshib hisoblanganda, ushbu guruh tomonidan yetkazilgan moddiy zarar jami 52 mlrd. 553 mln. 636 ming soʻmni tashkil qilmoqda.




Izohlar 1
