So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Prezident avtobenzin narxlari oshishining oldini olish boʻyicha qarorni imzoladi
Benzin mahsulotlarining ortiqcha yoʻqotishlariga va talon-torojliklarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan jazo choralari qoʻllaniladi.

“Kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Bundan maqsad kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarning avtobenzin mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini oʻz vaqtida taʼminlash, ularning narxlarini barqarorlashtirish hamda aholining ortiqcha sarf-xarajatlarini qisqartirishdir.
Qarorga koʻra, 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-martgacha import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlar tomonidan yakuniy isteʼmolchilarga sotiladigan AI-80 avtobenzin uchun, istisno tariqasida, aksiz soligʻi “nol” stavkada qoʻllaniladi.
Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi oʻtkaziladigan tekshiruvlar natijalari boʻyicha avtobenzin mahsulotlarining ortiqcha yoʻqotishlariga va talon-torojliklarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan jazo choralari qoʻllaniladi, shuningdek, ularning faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritiladi.



