So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Gʻazodagi vaziyat xalqaro gumanitar huquqqa ziddir” — Borrell
Yevropa diplomatiyasi rahbari Gʻazodagi ogʻir gumanitar vaziyatga eʼtibor qaratdi.
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Josep Borrell Gʻazo sektorida boʻlayotgan voqealarga munosabat bildirdi.
“Koʻplab tinch aholi, jumladan, bolalar halok boʻldi. Bu holat xalqaro gumanitar huquqqa ziddir”, - dedi Borrell.
Yevropa diplomatiyasi rahbarining taʼkidlashicha, Isroilning kuchli bombardimonlari ostida boʻlgan Gʻazo toʻliq zulmat va izolyatsiyada.
“Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam koʻrsatish agentligi (UNPWA) elektr energiyasi, oziq-ovqat va suvdan mahrum boʻlgan gʻazoliklarning nochor ahvolidan ogohlantirmoqda. Koʻplab tinch aholi, jumladan, bolalar halok boʻldi. Bu holat xalqaro gumanitar huquqqa ziddir”, - dedi u.
Borrell insonparvarlik yordami muhtojlarga yetib borishi uchun zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirdi.
“Biz tinch aholiga qarshi barcha hujumlarni, jumladan, Isroilga qarshi oʻzboshimchalik bilan raketa hujumlarining davom etishini qoralaymiz va barcha garovga olinganlarni zudlik bilan va soʻzsiz ozod qilishni talab qilamiz”, - deb yozadi yevropalik diplomat.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir