So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqanddan Gruziyaga aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda
Transport vaziri Ilxom Maxkamov Gruziyaga tashrifi davomida mamlakat Bosh vaziri oʻrinbosari-iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Levan Davitashvili bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, mazkur uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida transport-logistika sohasidagi aloqalarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama etilgan.

Xususan, tomonlar Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasidagi muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish, yangi yoʻnalishlarda parvozlarni yoʻlga qoʻyish yuzasidan fikr almashishgan.

“Maxkamov xorij tomonining Gruziyadan Samarqandga aviaqatnovlarni tashkil etish boʻyicha bildirgan taklifini qoʻllab-quvvatladi.
Muzokaralar davomida L.Davitashvili Gruziyaning Qora dengiz sohillarida oʻzbek tadbirkorlari ishtirokida port va terminallar qurilishida barcha sharoitlarni yaratishga va mavjud portlardan samarali foydalanishda amaliy yordam berishga tayyorligini maʼlum qildi.
Shuningdek, tomonlar xalqaro tashuvlarni amalga oshirishda ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash hajmini oshirishga kelishdi”, — deyiladi xabarda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir