So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Aziz Abduhakimov Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri bilan uchrashdi
27-oktyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yuqori martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov kutib oldi.
Tashrifdan maqsad Oʻzbekiston vazirlik va idoralari rahbarlari bilan “Bir makon – bir yoʻl” tashabbusining 10 yilligiga bagʻishlangan qator uchrashuvlar oʻtkazishdan iborat.

Shuningdek, XXR madaniyat va turizm vaziri “Xitoy madaniyati kunlari” doirasidagi gala-konsertda ishtirok etib, Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi turizm maskanlariga tashrif buyuradi.
Maʼlumot uchun, “Bir makon – bir yoʻl” tashabbusining 10 yilligini munosabati bilan 28-oktabr kuni Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida “Oʻzbekiston va Xitoy tabiat durdonalari” Oʻzbekiston-Xitoy madaniy almashinuv koʻrgazmasi ochiladi.

Shuningdek, tashrif doirasida Xu Xepin BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh kotibi Zurab Pololikashvili va Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov bilan uch tomonlama uchrashuv oʻtkazadi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi hamkorlik keyingi yillarda barcha sohalarda sezilarli darajada faollashgan. Xususan, Xitoydan Oʻzbekistonga charter reyslari yoʻlga qoʻyildi, Oʻzbekiston nufuzini Xitoy ommaviy axborot vositalarida keng targʻib qilish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi, qoʻshma tadbirlar oʻtkazildi va muhim hujjatlar hamda memorandumlar imzolandi.
Turizm sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning mustahkamlanishi natijasida 2023-yilning 8 oyi davomida Oʻzbekistonga Xitoydan 21 mingdan ortiq sayyoh kelgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir