So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Xitoyning sobiq bosh vaziri vafot etdi
Xitoy Davlat kengashi (mamlakatning oliy ijroiya organi) sobiq bosh vaziri Li Kesyan 68 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda Xitoy markaziy televideniyesi.
Xinhua agentligining xabar berishicha, Li Kesyan Shanxayda taʼtilda boʻlgan chogʻida yuragi huruj bergan. Shifokorlarning siyosatchining hayotini saqlab qolishga koʻp marotaba urinishgan, biroq ertasi kuni — 27-oktyabr mahalliy vaqt bilan soat 0:10 da (26-oktyabr, Toshkent vaqti bilan soat 21:10) u vafot etgan.
Li Kesyan 2013-yil mart oyida Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri etib tayinlangan, 2018-yilda esa ikkinchi besh yillik muddatga hukumat rahbari etib qayta saylangan.
2023-yil mart oyida u oʻz lavozimini tark etdi va oʻrniga Li Syan keldi, oʻtgan yilning kuzida u hukmron Kommunistik partiya Siyosiy byurosi Doimiy qoʻmitasiga qoʻshildi (oʻsha paytda Li Kesyan Kommunistik partiya Markaziy qoʻmitasining yangi tarkibiga kiritilmagan edi).
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir