So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Yana qancha bola oʻlishi kerak?” — Erdogʻan Yevrokomissiyaning bayonotini qoraladi
Turkiya Gʻazo sektori aholisiga gumanitar yordam yuklangan kema joʻnatishga tayyor, dedi payshanba kuni Turkiya prezidenti Rejep Toyyib Erdogʻan.
RIA Novosti xabariga koʻra, Anqarada nutq soʻzlagan Erdogʻan Turkiya ayni paytda Gʻazo sektori aholisi uchun Misrga 200 tonna gumanitar yordam joʻnatganini aytdi.
“Agar tegishli sharoitlar mavjud boʻlsa, mintaqaga gumanitar yordam yuklangan kema joʻnatamiz”, - dedi Turkiya rahbari.
Shuningdek, Erdogʻan Yevropa Komissiyasining “hozircha sulhga chaqiruv boʻlmaydi” degan bayonotini ham tanqid qildi.
“Yana qancha bola oʻlishi kerak? Nimaga ishonyapsan, nega bunday qilyapsan? Men 40 yildan beri siyosatdaman, lekin siz koʻrsatgan shafqatsizlikka guvoh boʻlmaganman va biz buni koʻrmaymiz”, - dedi Turkiya prezidenti.
Eslatib oʻtamiz, 7-oktyabr kuni Falastinning HAMAS harakati “Al-Aqso” toʻfoni” operatsiyasi doirasida Gʻazo sektoridan Isroilga raketa uchirdi.
Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorida Xamasga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Bir necha kun ichida isroillik harbiylar Gʻazo bilan chegara yaqinidagi barcha aholi punktlarini nazorat ostiga oldi va chiziqdagi nishonlarga, jumladan, tinch aholiga havo hujumlarini boshladi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir