So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fargʻonadagi xonadonlardan birida gaz portladi. Qurbonlar bor
Mazkur xolat yuzasidan xozirda Qoʻqon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari orlib borilmoqda
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar A.Navoiy mavzesida xonadonda gaz chaqnashi oqibatida bir nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda Fargʻona viloyati FVB Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, 12-dekabr, dushunba kuni soat 15:24 da Qoʻqon shahar FVBga shaharning A.Navoiy mavzesidagi 101/13-uyda yashovchi 1991-yilda tugʻilgan D.N. yashash xonadonida gaz chaqnashi natijasida vafot etgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
FVB olib borgan oʻrganish davomida fuqaro D.N.ning xonadonidagi gazni tekshirib koʻrish maqsadida gugurt chaqqan paytda gaz va havo aralashmasi natijasida chaqnash sodir boʻlgan.
Natijada D.N. hodisa joyida vafot etgan. U bilan birga boʻlgan ukasi fuqaro B.N. tanasining turli joylaridan kuyish jarohati bilan Qoʻqon shahar tibbiyot markaziga joylashtirilgan. Mazkur xolat yuzasidan xozirda Qoʻqon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari orlib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qarshida bir oilaning uch nafar aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etgan edi.