So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qarshida bir oilaning uch nafar farzandi is gazidan zaharlandi. Ulardan biri vafot etgan
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 13 yoshli bola is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.uz” Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 11-dekabr kuni soat 10:20 larda shaharning Paxtazor mahallasida yashovchi voyaga yetmagan 2009-yilda tugʻilgan I.I. yashash xonadonida gaz plitasidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Voyaga yetmagan 2013-yilda tugʻilgan O.I. va 2011-yilda tugʻilgan B. I. zaharlanish alomatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizildi. Tarmoqlarda bola oilaning katta farzandi boʻlgani, boshqalari esa ularning ukalari boʻlgani, hozirda ular komada ekanligi aytilmoqda. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qarshida bir oilaning uch nafar aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar bergan edik.