So`ngi yangiliklar
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimidan ozod etildi

Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Platina.uz oʻzining ishonchli manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Voitov oʻz oʻrnini boʻshatgach, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Qishloq vaziri etib tayinlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq viloyat hokimi matbuot kotibi Behzod Qobulov buni rad etdi.
“Bu gaplar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev ayni paytda oʻz ishini davom ettirmoqda va kun tartibiga muvofiq, belgilangan vazifalar, chora-tadbirlar ijrosi bilan band”, — dedi u.
Qayd etish kerak, Voitov ilk bor 2022-yil 22-avgust kuni Prezident farmoni bilan Jamshid Xoʻjayevning oʻrniga Qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlangandi. Bungacha u Investitsiya va tashqi savdo vaziri birinchi oʻrinbosari, “Oʻzsanoatqurilishbank” raisi lavozimlarida ham ishlagan.



