So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Paxta siyosatiga xiyonat(mi?). Shuhrat Gʻaniyev klasterlarga noqonuniy topshiriq berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Prezidentning agrar rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev raisligida oʻtkazilgan selektor yigʻilishidan yozib olingan videolavha tarqaldi.

Mazkur yigʻilishda Gʻaniyev ayrim tuman va klaster rahbarlariga fermerlarning dalalarida qolgan paxtalarni soʻramasdan terib olib ketish vazifasini yukladi.
“Klasterning oʻzi terib ketsin, mayli, fermerdan sotib olmasin paxtani, oʻzi terib, oʻzi olib ketsin. Fermerga qarab oʻtirmasin, mashinaga solib, terib olib ketaversin.
Sirdaryoliklar bilan gaplashdim, “50ta mashina olib kelamiz” deyishdi. “Toshkent viloyatiga olib kirgan joyingda paxtani terib ketaverasan” dedim. Boʻpti deyishdi. Fermer mening paxtamni terib ketding, deya olmaydi. Klaster bergan mablagʻ, klaster bergan oʻgʻit, klaster bergan chigit. Fermer nima degan taqdirda ham klaster noqonuniy ish qilmagan boʻladi. Qolaversa fermerning qarzdorligi bor, uni uzish kerak. Har tomonlama hisob-kitob bor”, – dedi Shuhrat Gʻaniyev.
Eslatib oʻtamiz, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunning 16-moddasiga koʻra fermer yetishtirgan mahsulotini, shu jumladan bu mahsulotni isteʼmolchilarga realizatsiya qilish huquqini oʻz xohishiga koʻra tasarruf etish huquqiga ega.
Ushbu qonunning 22-moddasiga koʻra esa fermer xoʻjaliklarining xoʻjalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sobiq deputat Rasul Kusherbayev Prezident maslahatchisini klasterlarga bergan topshirigʻini noqonuniy ekanligini taʼkidlab, Adliya vazirligi bunga zudlik bilan chora koʻrishi kerakligini aytdi:
“Prezidentning agrar rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev klasterlarga fermerlarning paxtasini soʻramasdan terib olish “vakolati”ni bergan.
Vaholanki, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunning 16-moddasiga koʻra fermer yetishtirgan mahsulotini, shu jumladan bu mahsulotni isteʼmolchilarga realizatsiya qilish huquqini oʻz xohishiga koʻra tasarruf etish huquqiga ega.
Ushbu qonunning 22-moddasiga koʻra esa fermer xoʻjaliklarining xoʻjalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Lekin Sh.Gʻaniyev bu qonunlarga yana bir bor tupurib qoʻygan koʻrinadi. Yuqori darajali rahbarning ahvoli shu boʻlsa qolganlardan nima kutish mumkin?
Bilmadim, ammo qachondir Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, “qonun ustuvor” kunlar qishloq xoʻjaligi sohasiga ham yetib kelsa kerak.
Hozirgi vaziyatda qonunni buzishga targʻib qilayotgani uchun esa hech boʻlmasa Adliya vazirligi munosabat qiladi, deb umid qilamiz. Ular odatda shunday qilishardi. Bundan ortigʻiga umid yoʻq”, – deb yozdi u.



