So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda 2023-yil yakuniga qadar 92 ming gektarga toʻqsonbosti usulida sabzavotlar ekilishi kutilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-oktyabr kuni hududlarda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yaxshilash, oziq-ovqat ekinlarini ekish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilishda bogʻ va tok qator oralariga ekin ekish tadbirlariga ham toʻxtalib oʻtilgan.
Oʻzbekistonda 331 ming gektar bogʻ va 153 ming gektar tokzor bor. Ularda qator oralaridagi yerlarga piyoz, sarimsoq, sabzi, bahor oylarida yeryongʻoq, kartoshka, pomidor va bodring ekilsa, bozorlarimizga qoʻshimcha mahsulot, aholiga daromad boʻladi.
Shu bois viloyatlarda yil yakunigacha 92 ming gektarga toʻqsonbosti usulida sabzavotlar ekish, bunga urugʻlik va suv yetkazib berish chora-tadbirlari belgilandi. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari iqlimga mos ekin turlari, agrotexnikasi boʻyicha ilmiy tavsiyalar berib boradi.

Belgilangan chora-tadbirlar suv xoʻjaligi sohasining barqaror ishlashi va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga, pirovardida halqimiz farovonligini oshirishga qaratilgani qayd etildi.

Yigʻilishda soha mutasaddilari va viloyat hokimlarining kun tartibidagi masalalar boʻyicha hisobotlari tinglandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir