So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Erdogʻan Shvetsiyaning NATOga aʼzo boʻlishi haqidagi protokolni imzoladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan mamlakat parlamentiga Shvetsiyaning NATOga aʼzoligi toʻgʻrisidagi protokolni ratifikatsiya qilishni taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti respublika rahbari maʼmuriyatiga tayanib xabar bermoqda.
“Shvetsiyaning NATOga qoʻshilishi haqidagi protokol 2023-yil 23-oktyabrda Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan tomonidan imzolangan va Turkiya Buyuk Millat Majlisiga taqdim etilgan”, — deyiladi xabarda.
Shvetsiya oʻtgan yilning may oyida Finlyandiya bilan birga NATOga ariza topshirgan, biroq Vengriya va Turkiyadan hali yakuniy rozilik olgani yoʻq.
Anqara arizaning ratifikatsiya qilinishini Stokgolmning terrorizmga qarshi kurash boʻyicha vaʼdalarini bajarishi, jumladan Qurʼonni yoqish kampaniyasini toʻxtatishi bilan bogʻlaydi.
Vengriya Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi boʻyicha ovoz berishni keyinga qoldirdi, chunki Stokgolm Budapesht bilan munosabatlariga putur yetkazayotgani sabab boʻldi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir