So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Metan 3600 soʻm emas: Andijonda gazni qimmat sotgan “zapravka” faoliyati vaqtincha toʻxtatildi
Andijon viloyatidagi “zapravka”da 1 metr kub siqilgan gazni 3600 soʻmdan sotilayotgani sababli faoliyati toʻxtatildi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, joriy yilning 20-oktyabr kuni Andijon viloyati, Jalaquduq tumanidagi “Mezon avto oyl” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shaxobchasida 1 metr kub siqilgan gazni 3600 soʻmdan sotilayotgani isteʼmolchilar tomonidan eʼtirozlarga sabab boʻlgan.
Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida “Oʻzenergoinspeksiya” Andijon hududiy boshqarmasi tomonidan oʻrganish oʻtkazilgan.
Unga koʻra Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentyabrdagi 475-sonli qarori talablari yuzasidan ogohlantiish berilishiga qaramasdan, mazkur shaxobcha 1 metr kub siqilgan gazni 3600 soʻmdan sotilayotgani aniqlangan. Ushbu qoidabuzarlik yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilgan hamda mazkur shaxobcha gaz tarmogʻidan ajratilib, uning faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan.