So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Chernogoriyada prezident vakolatlarining qisqartirilishiga qarshi namoyish boshlandi
12-dekabr kuni Chernogoriya parlamenti prezident toʻgʻrisidagi qonunga uning vakolatlarini qisqartiruvchi tuzatishlarni qabul qildi.
Chernogoriyada prezident vakolatlarining qisqartirilishiga qarshi namoyish boshlandi. Namoyishga chiqqanlar politsiyaga faol qarshilik koʻrsatmoqda.
Mahalliy RTCG telekanalining maʼlum qilishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan 17:30da (Toshkent vaqti bilan 21:30) Chernogoriya parlamenti binosi yaqinida oʻtkazilgan namoyish tashkilotchilari aksiya yakunlangani haqida eʼlon qilgan va namoyishchilarni oʻz uylariga ketishga chaqirgan.
Miting tugagandan soʻng, olomonning bir qismi uyushgan holda parlament yaqinidagi himoya panjaralariga borib ularning bir qismini buzib tashlashgan.
Shundan soʻng nomaʼlum shaxslar niqob va qalpoq kiyib, politsiyachilarga tosh, shisha va pirotexnika vositalarini uloqtira boshlagan.
Politsiya xodimlariga qarshi koʻzdan yosh oqizuvchi gaz ham qoʻllangan. Oqibatda bir necha politsiyachi yaralangan.Toʻqnashuvlar oqibatida parlament binosi ham zarar koʻrgan, yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmagan.
Eslatib oʻtamiz, 12-dekabr kuni Chernogoriya parlamenti prezident toʻgʻrisidagi qonunga uning vakolatlarini qisqartiruvchi tuzatishlarni qabul qildi.
Hujjat ikkinchi marta qabul qilindi, uni mamlakat prezidenti imzolashi shart. Avvalroq u qonunning birinchi variantini imzolashdan bosh tortgan edi. Namoyishchilar qonunga kiritilgan tuzatishlar konstitutsiyaviy tuzumni barbod qiladi, deb hisoblamoqda.