So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Oʻzbekistonda paxta narxini erkin bozor belgilaydi” – Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov
Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov Oʻzbekistonda bu sohada davlat tomonidan belgilash amaliyoti bekor qilingani va paxtaning narxini, bozor iqtisodiyoti qonunlariga muvofiq, xaridorlar (paxta-toʻqimachilik klasterlari) va sotuvchilar (fermerlar) belgilashini taʼkidladi.
Prezident 2023-yil yanvarda PQ-23-sonli “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorni imzolagan. Bu qaror ushbu sohadagi bozor mexanizmlarining amal qilishini mustahkamlab berdi.
«Keyingi-yillarda Oʻzbekiston paxtachilik tarmogʻini bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oʻtkazmoqda. Biz narxlarning davlat tomonidan belgilanishidan voz kechdik va endi uni bozorning oʻzi: talab, taklif, ishtirokchilar kutilmalari belgilab beradi. Shuningdek, eksportimizning raqobatbardoshligini taʼminlash uchun, jahon bozoridagi paxtaning narxi hisobga olinadi. Baʼzida vazirlikka fermerlar majburiy xarid narxini belgilab berish iltimosi bilan murojaat qiladilar.
Ammo kompaniyalarni belgilangan narxda paxta sotib olishga majburlashga bizning haqqimiz yoʻq: hamkorlik oʻzaro manfaatli boʻlishi kerak – hech kim zarar koʻrmasin. Vazirlik oʻz vakolatlari doirasida koʻmak beradi: bahs-munozaralarda mediator boʻlib ish koʻradi, narxni shakllantirish boʻyicha konsultatsiyalar beradi, subsidiyalar va imtiyozlar mexanizmlarini ishlab chiqadi va joriy etadi»,- dedi qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov.
Vazirlik mutaxassislari tomonidan 2023-yil hosili uchun kutilayotgan minimal narx 1 kg/8 000 soʻm sanaladi. U Nyu-York birjasidagi paxta fyuchersi kotirovkalari (oktyabr uchun oʻrtacha kotirovka 1 funt/84 sent yoki 1 tonna/1852 AQSH dollariga teng) va boshqa koʻrsatkichlar (shu jumladan hom ashyoni tayyorlash, tashish, saqlash va tolani qayta ishlash uchun sarf-xarajatlar hisobiga qisqarish) dan shakllanadi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir