So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
15 yil qamoq: Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zoʻrlagan Qoʻriqlash boʻlimi sobiq xodimiga sud hukm oʻqidi
Bugun, 18-oktyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Boʻstonliq tuman sudida Sh. Sh. (1993-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, Qibray tumani Qoʻriqlash boʻlimi safdor-xodimi, jinoyat sodir etilgan paytda ishsiz boʻlgan) ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Boʻstonliq tuman sudining sudyasi J.Xojayev raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida koʻrib chiqilgan.
Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq Sh.Sh. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Maʼlumot oʻrnida, 2019-yilda Toshkent viloyati Qibray tumani Qoʻriqlash boʻlimi safdor-xodimi (sobiq) oʻsha vaqtda 13 yoshli qizni binoda zoʻrlashga uringan.
“Men yordam chaqirish uchun baqirdim, lekin koʻchada hech kim yoʻq edi. U meni kuch bilan sudrab qoʻshimcha imoratga olib kirdi va soʻriga tashladi. Shundan soʻng u bir qoʻli bilan ikki qoʻlimdan ushlab, ikkinchi qoʻli bilan ichki kiyimimni yechdi. ...Soʻng, menga kiyinishimni buyurdi va hech kimga aytmasligimni tayinladi, aks holda meni oʻldirish bilan qoʻrqitdi”, degan jabrlanuvchi.