So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqandda BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi boʻlib oʻtadi
UNWTO Bosh assambleyasi sessiyasi dunyo hamjamiyatining Oʻzbekistonga boʻlgan eʼtiborini kuchaytiradi, deya xabar bermoqda Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.
Joriy yilning 16–20-oktyabr kunlari Samarqanddagi “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi boʻlib oʻtadi.
Maʼlumot uchun, 2021-yilda Ispaniyada boʻlib oʻtgan UNWTO Bosh assambleyasida Oʻzbekiston nomzodi Portugaliya va Misr mamlakatlari bilan raqobatda gʻolib boʻlgan.
Taʼkidlash joizki, Bosh assambleyaning bu galgi sessiyasida dunyoning barcha qitʼalaridan 130 dan ortiq davlat ishtirok etadi. Bu Bosh assambleyaning avvalgi sessiyalariga nisbatan yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.
UNWTO Bosh assambleyasi doirasida Samarqandda Xalqaro Investitsiya forumi, Xalqaro taʼlim forumi, “Eng yaxshi turizm qishloqlari”ni taqdirlash marosimi, shuningdek, qator yalpi sessiyalar va madaniy tadbirlar boʻlib oʻtadi.
Ushbu nufuzli tadbirning Oʻzbekistonda oʻtkazilishi dunyo hamjamiyatining mamlakatimizga boʻlgan eʼtiborini yanada kuchaytiradi. Negaki Bosh assambleya tadbirlariga Butunjahon turizm tashkilotiga aʼzo barcha davlatlarning ommaviy axborot vositalari, investorlar tashrif buyuradi va barcha uchun muhim hisoblanadi. UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ishtirokchi davlatlar uchun har tomonlama manfaatli boʻladi.