So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bogʻida noqonuniy qurilmalar buzdirilib, oʻrniga daraxt ekilmoqda – Eko vazirlik
2021–2022-yillarda Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bogʻi hududidagi 39,8 gektar yer maydoni 57 nafar jismoniy va yuridik shaxsga ijara bitimi hamda shartnomaga asosan dam olish maskani qurish uchun ajratib berilganligi aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, ayni damda bogʻda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan fuqarolik va iqtisodiy sud qarorlariga muvofiq 11 nafar fuqaro va yuridik shaxs tomonidan oʻzboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni buzish ishlari olib borilmoqda.

Milliy bogʻ hududidagi ogʻir rekonstruksiyali binolar, devor va toʻsiqlar bosqichma-bosqich maxsus texnikalar yordamida buzilmoqda. Qolgan holatlar yuzasidan Bosh prokuratura jinoiy ish qoʻzgʻatib, qoʻshimcha tarzda oʻrganish ishlari olib boryapti.
Qayd etilishicha, noqonuniy qurilmalar buzdirilib, oʻrniga daraxt ekilgan. Shuningdek, vazirlik, Bosh prokuratura va Zarafshon milliy tabiat bogʻi masʼullari hamkorligida milliy bogʻ hududida buzilgan binolar oʻrni tezkor tartibda tozalanib, qurilish chiqindilari olib chiqib ketilmoqda va oʻrniga manzalari daraxtlar ekilib, hududda yashil bogʻlar barpo etilmoqda.
