So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Fyodorov Konstitutsiya barcha qonunlardan ustun ekanligini tushunmaydi” — Odiljon Tojiyev
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari Odiljon Tojiyev Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputati Yevgeniy Fyodorovning bayonotiga munosabat bildirdi:
“Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputati Yevgeniy Fyodorovning shu kunlarda bergan bayonotlarini “gʻoyat original”, desak boʻladi. Xalq vakili oʻzini geosiyosatning yetuk mutaxassisi sifatida koʻrsatib, har xil hech kimga nomaʼlum “nazariyalar”ni keltiripti.
Uning aytishicha, Sovet Ittifoqini barcha respublikalar noqonuniy tark etgan, allaqanday 14/09-sonli qonunni buzgan holda.
Aftidan, Fyodorov Konstitutsiya barcha qonunlardan ustun ekanligini tushunmaydi. Modomiki, SSSR Konstitutsiyasining 72-moddasida shunday deyilgan edi: “Har bir Ittifoq respublikasi SSSRdan erkin chiqish huquqini saqlab qoladi”.
Ustiga ustak, Fyodorovning mantigʻiga amal qilinadigan boʻlinsa, oʻtgan shu 32 yil davomida Rossiya Federatsiyasi nomidan ish tutgan Prezidentlar Yelsin va Putin, Rossiya parlamenti va hukumati, Rossiya davlat hokimiyatining barcha institutlari bu respublikalar bilan noqonuniy munosabatlarda boʻlishgan.
Yaʼni, ikki tomonlama (suveren tenglik asosidagi siyosiy-diplomatik, iqtisodiy, harbiy, madaniy va boshqa sohalardagi) aloqalarning barchasi hamda koʻp tomonlama formatlar, bitimlar, shartnomalar (MDHdan boshlab turli xil Shanxay shartnomalarigacha) noqonuniy edi.
Bu holda, butun dunyoga ishonch bilan eʼlon qilish mumkinki, bunday noqonuniy huquqiy makonda ishlaydigan Rossiya hokimiyat institutlari oʻz mohiyatiga koʻra noqonuniy hisoblanadi.
Shunday qilib, hurmatli deputat bilvosita, ammo nozik tarzda Rossiya davlatidagi barcha davlat hokimiyati institutlarini noqonuniy munosabatlari uchun tarqatib yuborishga chaqirdimi? U hazillashyapti, hoynahoy”, — deb yozdi Tojiyev.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir