So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
“Benzin Dukensoyga sizib chiqqan” – Ekologiya qoʻmitasi Angrendagi hodisaga huquqiy baho berilishini maʼlum qildi

Davlat ekologiya qoʻmitasi Angren neftni saqlash omboridan neft mahsulotlari sizib chiqqanligi toʻgʻrisida tarqalgan xabar 11-dekabr kuni Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan joyiga chiqib oʻrganilganini maʼlum qildi.
Oʻrganishlar davomida ushbu voqea 2022-yil 10-dekabr kuni taxminan kech soat 20:10 da roʻy berganligi va korxonaning 5000 m3 (metr.kub) hajmdagi 20-sonli sigʻim (rezervuar) joʻmragi qattiq sovuq taʼsirida muzlab yorilishi oqibatida 11 500 litr neft mahsuloti (AI-80 benzin) toʻkilgan.
“Qayd etish lozimki, neft mahsulotlarini saqlash ombori ekologik xavfliligi boʻyicha 1-toifali obyekt hisoblanib, korxonaga berilgan davlat ekologik ekspertiza xulosasiga koʻra neft saqlash sigʻimlari joylashgan hududda avariya holatlarini inobatga olgan holda hovuzlar tashkil etilishi lozim.
Korxonadagi mavjud hovuzlar belgilangan talab darajasida emasligi natijasida neft mahsulotlari mahalliy ariq orqali Dukensoy soyining suv havzasiga sizib chiqqan.
Hozirda neft bilan ifloslangan suv havzasidan olingan tahlil namunalari laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazilmoqda. Tahlil natijalari asosida tabiatga yetkazilgan zarar summasi hisob-kitob qilinadi”, deyiladi qoʻmita xabarida.
Taʼkidlanishicha, davlat inspektorlari tomonidan korxonaga nisbatan tegishli tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi. Shuningdek, qoʻmita ushbu holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.



