So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Mirishkordagi holat ortidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi – Qashqadaryo IIB
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Mirishkor tumanidagi 12-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida rahbarlikka nomzod sobiq mudiraning oʻgʻli va qizi tomonidan kaltaklangani ortidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlanganini maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, 10-dekabr kuni soat taxminan 10:20 larda Mirishkor tumani “Yangi ariq” MFYda joylashgan 12-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tuman hokimligi tomonidan direktor tayinlash yigʻilishi boʻlib oʻtishi belgilangan.
Shu munosabat bilan 12-DMTTga “Jeynov” MFYda yashovchi fuqarolar ham kelganda maktabgacha taʼlim tashkilotining sobiq direktori A.Sh.ning qon bosimi koʻtarilib ketib, sogʻligi yomonlashgan.
Ushbu jarayonda oʻrtadagi tushunmovchilik sabab fuqaro A.N. A.U.ni itarib yiqitib yuborgan. Holat boʻyicha xabar 2022-yilning 10-dekabr kuni Mirishkor tuman IIB Navbatchilik qismida qayd etilgan. Hozirda Mirishkor tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.