So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qarshida bir oilaning 3 aʼzosi is gazidan vafot etdi. Ular ichida 8 yoshli bola ham bor
Qashqadaryo viloyatida bir oilaning uch nafar aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 10-dekabr kuni soat 20:20 larda Qarshi tumani “Dasht” mahallasida yashovchi 1955-yilda tugʻilgan R.P., uning 1991-yilda tugʻilgan kelini N.B. va nabirasi 2014-yilda tugʻilgan L.O. yashash xonadonida qoʻlbola usulda yasalgan isitish pechidan chiqqan is gazidan zaharlanishgan.
Natijada uchalasi ham vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Chinozda er-xotin va 3 oylik chaqaloq is gazidan vafot etgandi.