So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Andijonda xalqning gazini oʻgʻirlagan oxak sexi aniqlandi
Andijonda aholi uchun tortilgan tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanib, 1 mln 642 ming kub gaz noqonuniy sarflangan tadbirkor aniqlandi. Bu haqda “Oʻzbekiston 24” kanalida maʼlum qilindi.
Xabarda aytilishicha, huquq tartibot idoralari hamda “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiallari xodimlari tomonidan reyd tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirkorlik subyekti tegishli hujjatlarsiz yashirin tarzda ohak sexi tashkil qilgan. Shuningdek, yuqoridagi joyga yonma-yon hududda yana 4 ta xumdon aniqlandi.
Mutaxassislar vaziyatni oʻrganib, nazoratga oldi. Aniqlanishicha, tadbirkor buning ortidan davlatga 1 mlrd 642 mln soʻm miqdorida zarar keltirgan.
“Yetkazilgan zarar oqibatida 1 mln 642 ming kub gaz noqonuniy sarflangan, bu 2 mingta xonadonning bir oylik gaziga teng”, — deyiladi xabarda.
Mazkur holat boʻyicha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Andijon viloyati boshqarmasi surishtiruv oʻtkazmoqda.