So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Jamoatchilikni qiziqtirayotgan masalalar Bosh prokuratura tomonidan ochiqlanishi zarur — Komissiya
Qoraqalpogʻistonda yuz bergan holat va voqealarni oʻrganish boʻyicha komissiya aʼzolarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Buxoro viloyatida boʻlib oʻtayotgan Nukus voqealari yuzasidan sud majlisida ishtirok etgan Komissiya aʼzolarining fikrlari tinglandi.
Sud jarayonlarining ochiq shaklda oʻtkazilayotgani, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning koʻrsatmalari tahlil qilindi va ularning Komissiya aʼzolariga bildirgan fikrlari bilan solishtirildi.
Mustaqil komissiya aʼzolarining Qoraqalpogʻistonda sodir boʻlgan voqealar boʻyicha boʻlib oʻtayotgan sud jarayonlarida ishtirok etishi davomida bu borada yuzaga kelayotgan va keng aholi vakillarini xavotirga solayotgan holatlar oʻrganib chiqildi hamda ularga oydinlik kiritilishini soʻrab Bosh prokuraturaga murojaat qilindi.
Murojaatda ommaviy tartibsizliklarni sodir boʻlishida aybdor sifatida hibsga olingan 516 nafar fuqaro, hozirda ishi sudda koʻrib chiqilayotgan 22 nafar ayblanuvchi, yopiq muassasalarda vaqtincha ushlab turilgan boshqa shaxslar, maʼmuriy javobgarlikka tortilganlar, shuningdek, tartibsizliklar vaqtida huquqni himoya qiluvchi idoralar tomonidan ortiqcha kuch-vosita ishlatilgan yoki ishlatilmaganligi hamda inson huquqlarining buzilishi bilan bogʻliq holatlar yuzasidan axborot berish soʻraldi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir