So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻn ikki nafar “Ayollar qanoti” guruhi aʼzolari ushlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda “Hizb ut-Tahrir” gʻoyalarini oʻrganayotgan 12 nafar ayol aniqlanganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Andijonda “Ayollar qanoti” guruhi aʼzolari boʻlgan 12 nafar ayol aniqlandi, deya xabar berdi viloyat IIB. 2022-yilning 16-yanvar kuni tezkor maʼlumotga asosan DXX Andijon viloyati boshqarmasi va Andijon viloyati IIB TEQKB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Maʼlum qilinishicha, ular Andijon tumanida yashovchi fuqaro M.M.ning xonadonida toʻplanib, diniy ekstremistik tashkiloti faoliyatini targʻib qiluvchi diniy oʻqishxonlik qilib kelayotgan boʻlgan.
Ular hozirda Turkiya davlatida boʻlgan ayol M.X. (1972-y. t.)ning koʻrsatmasi asosida tez-tez bir-birlarining xonadonlarida ziyofat bahonasida yigʻilib turgan.