So`ngi yangiliklar
AQSHda Charli Kirk suiqasdida gumonlanuvchining surati e’lon qilindi
O‘zbekistonda 27 ming gektardan ziyod maydon dala yong‘inlarida zarar ko‘rdi
Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Namangan shahar kengashi deputati Azim Nurmatov qiduruvga berildi — IIV

Xalq deputatlari Namangan shahar kengashi “1-Orzu” saylov okrugidan deputatlikka saylangan Azim Nurmatov nisbatan qiduruv eʼlon qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot portalida eʼlon qilingan.
Maʼlumotda aytilishicha, deputat Azim Nurmatov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 3-qismi, “A” bandi (juda koʻp miqdorda) ayblovi bilan qidiruvga berilgan.
Effect.uz manbasi ushbu deputat turli shaxslardan 1 million dollardan ortiq boʻlgan miqdordagi mol-mulklarni talon-toroj qilish yoʻli bilan egallaganlikda gumonlanayotganini maʼlum qildi.
Bundan tashqari, A.Nurmatov yana bir qancha fuqarolardan firibgarlik yoʻli bilan katta miqdorda pul mablagʻlari olgani aytiladi. Manbaning qoʻshimcha qilishicha, qidurvda boʻlgan sobiq Namangan shahar deputati Azim Nurmatov Oʻzbekistonda tashqariga chiqib ketgan.
Maʼlumot uchun, Azim Nurmatov 2021-yil 19-iyulda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari va doimiy komissiya raislarining faoliyatini monitoringi natijalari toʻgʻrisida oʻtkazilgan yigʻilishda Kengash faoliyatida masʼuliyatsizlik bilan yondashayotgani tufaydli doimiy komissiya tomonidan ogoxlantirilgan.
Ichki ishlar vazirligi saytida ushbu shaxsdan jabr koʻrganlar yoki u haqida maʼlumotga ega boʻlgan fuqarolar 102 yoki 1102 raqamiga murojaat qilishi soʻralgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq deputat Azim Nurmatov Effect.uz axborot agentligiga boshiga tushgan tashvishlar sabab murojaat qilgan edi.
Sayt jurnalistlari bir necha kun davomida deputatning murojaatini oʻrganib chiqishgan va eʼlon qilish fursati yetganda Azim Nurmatov ushbu video murojaatni ayrim sabablarga koʻra internetga tarqatmaslikni soʻragan edi. Sayt rahbariyati tomonidan deputatning iltimosi qondirilgan va video murojaat keng omma eʼtiboriga havola qilinmagan.



