So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Sevimli” kanalida axloqsiz sahna qoʻyilishi boʻyicha tekshiruv boshlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Sevimli” telekanalida axloqsizlikka chorlovchi sahnalar ommaga taqdim qilinganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi munosabat bildirdi.
“Sevimli” telekanali orqali milliy serial namoyish etish chogʻida axloqsizlik sahnalari mavjudligi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan materiallar jamoatchilik eʼtiroziga sabab boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan dastlabki oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan tekshiruv ishlari Agentlik tomonidan nazoratga olinib, ekspertiza tayinlandi. Ekspertiza natijalari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi", - deyiladi munosabatda.