So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Uchta xalqaro aviakompaniyaga Oʻzbekistonga aviaqatnovlar uchun ruxsatnoma berildi
Transport vazirligi huzuridagi “Oʻzaviatsiya” agentligi uchta xorijiy aviakompaniyaga Oʻzbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma bergan.
Transport vazirligi huzuridagi “Oʻzaviatsiya” agentligi uchta xorijiy aviakompaniyaga Oʻzbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berdi.
“Oʻzaviatsiya” agentligi maʼlumotiga koʻra, Hindistonning “IndiGo”, Polshaning “LOT Polish Airlines” va Malayziyaning “Malindo Airways” aviakompaniyalari Oʻzbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olgan.
Oʻzbekiston Respublikasi va tegishli davlatlar oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitim asosida “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan quyidagi aviatashuvchilarga Oʻzbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Ekspluatatsion ruxsatnomalari berildi:
Hindistonning “IndiGo” aviakompaniyasiga Dexli -Toshkent-Dexli yoʻnalishida A-320NEO va A-321 NEO havo kemalarida;
Polshaning “LOT Polish Airlines” aviakompaniyasiga Varshava- Toshkent-Varshava yoʻnalishida Boing-737-8MAX havo kemasida;
Malayziyaning “Malindo Airways” aviakompaniyasiga Kuala Lumpur — Toshkent-Kuala Lumpur yoʻnalishida A-330 havo kemasida.