So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Andijondagi daraxtlar kesilishi ortidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Andijon viloyati perinatal markazi hududida noqonuniy ravishda daraxtlarning kesilishi yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan tuzilgan ishchi guruh vaziyatni oʻrganib chiqdi. Tashkilot matbuot xizmati xabariga koʻra, Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻiga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublika koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-46-sonli Farmoni bilan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgan.
Shunga qaramasdan, Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi Gʻ.Sh. tomonidan Andijon viloyati perinatal markazi hududidagi “Eldor qaragʻoyi” (Pinus eldarica) navli 12 tup daraxtlar qonunga xilof ravishda kesib yuborilganligi oqibatida tabiatga 115,5 mln. soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.
Oʻtkazilgan tekshirish natijasiga koʻra, Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi Gʻ.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.