So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Yarim yalangʻoch raqqosalar davrasidagi ziyofatda boʻlgan mansabdor ishga tiklandi
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hokimi Botir Mirzakulovning Nozim Muratovni Sirdaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida qarori imzolandi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalari hamda Oʻzbkiston Respublikasi Mehnat kodeksining 84-moddasiga muvofiq, qaror qilindi.
Unga koʻra, Muratov Nozim Najimidinovich 2021-yil 30-dekabr kunidan Sirdaryo tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga ikki oylik sinov muddati bilan ishga tayinlandi.
Sirdaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasi bosh hisobchisi B.Kuziyevga belgilangan hisob-kitob ishlarini amalga oshirish vazifasi topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, tuman hokimligi masʼullari va davlat tashkilotlari rahbarlari restoranda yarim-yalangʻoch raqqosa qizlar bilan ovqatlangani videosi tarqalib, shov-shuvga aylanganidan soʻng, Sirdaryo tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi Nozim Murodov 2021-yil 14-iyun kuni oʻz arizasiga asosan egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.