So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Sirdaryoda 3 yashar qizchasining qarshisida xotiniga 14-marta pichoq urib oʻldirgan shaxsga hukm oʻqildi

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida kelishmovchilik tufayli yuzaga kelgan janjalda ayolini pichoqlab oʻldirgan shaxsga nisbatan sud hukmi oʻqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.
Unga koʻra, 3 nafar farzandning otasi oila roʻzgʻorini xotini boʻyniga olgani, oʻzidan koʻra koʻproq pul topayotganidan jahli chiqib, u bilan tez-tez janjallashgan. Shu sababli ular alohida yashashni boshlashgan.
Maʼlum qilinishicha, jinoyat sodir etilgan kuni sudlanuvchi X.A. mast holatda turmush oʻrtogʻi X.S. vaqtincha yashaydigan xonadonga devor orqali oshib kirgan. Ayolni uygʻotib, uni kirish eshigi oldiga olib chiqqan. Shovqin sabab uygʻonib ketgan 3 yashar qizi qarshisida uni oʻta shafqatsizlik bilan hayoti uchun muhim boʻlgan aʼzolariga oʻzi bilan olib kelgan oshxona pichogʻi bilan 14-marta urgan va voqea joyidan qochib ketgan. Oqibatda ayol olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Sirdaryo tuman sudida boʻlib oʻtgan sud majlisida sudya X.A.ni Jinoyat kodeksining 97-modda, 2-qismi “j” (oʻta shafqatsizlik bilan qasddan odam oʻldirish) bandida belgilangan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topgan. Unga 17 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi berilgan.



