So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Taniqli yozuvchi 58 yoshida vafot etdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Luqmon Boʻrixon 58 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda uyushma axborot xizmati xabar berdi.
Marhumning qizi Maryam “Boʻrixonzoda”ning maʼlum qilishicha, Loʻqmon Boʻrixonda saraton kasalligi aniqlangan.Va u joriy yilning 29-iyul kuni germaniyalik shifokorlar tomonidan operatsiya qilinishi kerak boʻlgan, ammo uning ahvoli birdaniga ogʻirlashib qolganligi bois, oʻzbekistonlik jarrohlar tomonidan tezkorlik bilan jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan.
Luqmon Boʻrixon —1965-yil 15-fevralda Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi Yangiobod qishlogʻida tugʻilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1991).
Dastlabki hikoyasi — “Begimqul katta” (1987), “Yalangoyoq” (1991), “Sirli muallim” (2006), “Xizr koʻrgan yigit” (2007) cingari hikoya va qissalar toʻplamlari nashr etilgan. Bundan tashqari, u “Jaziramadagi odamlar” (2005) romani muallifi ham sanaladi.