So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ukraina elchixonasi oʻzbekistonliklarni urushda ishtirok etmaslikka chaqirdi
Ukraina elchixonasi oʻzbekistonliklarni urushda ishtirok etmaslikka chaqirdi
Ukrainaning Oʻzbekistondagi elchixonasi murojaat bilan chiqib, fuqarolarni urushda qatnashmaslikka chaqirdi.
Elchixona xabarida keltirilishicha, “Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlarida olib borilgan jangovar harakatlar paytida Rossiya armiyasi xorijiy fuqarolarni urushga jalb etmoqda.
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi maʼlumotlariga koʻra, vaqtincha ishgʻol qilingan Donesk viloyati Gorlovka shahrida joylashgan Rossiya kuchlarining boʻlinmalarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari borligi aniqlangan.
Ushbu shaxslar Ukraina davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtib, Rossiya Federatsiyasi tomonidan vaqtincha bosib olingan Ukraina hududiga qurilish ishlarini olib borish uchun kelgan. Mariupol (Ukraina) shahriga yetib kelganidan soʻng, ularning pasportlari olib qoʻyilgan va bu fuqarolar Rossiya Federatsiyasi kuchlari safiga koʻngilli sifatida safarbar qilingan”.
Elchixona Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi urushida qatnashmaslikka va vaqtincha bosib olingan hududlariga bormaslikka chaqirdi. Ushbu qoidalarni buzganlar Ukraina qonunlari va xalqaro huquq normalari asosida javobgarlikka tortilishi keltirib oʻtildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir