So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqandda tunda majlisga chaqirilgan “jen sovet”ni maщina urib yubordi
Samarqand viloyati xotin-qizlar faoli mashina urib yuborishi oqibatida vafot etdi.
Maʼlum qilinishicha, marhuma tumanning “Otarchi” mahallasida xotin-qizlar faoli boʻlib ishlagan. U tunda hokimiyatga yigʻilishga chaqirilganligi sababli, yoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtgan.
Bundan tashqari voqeaga ayolni urib yuborgan Nexia avtomobilining tezlikni oshirganligi ham sabab boʻlgan. Natijada ayol olgan tan jarohatlari sabab hayotdan koʻz yumgan. Marhumaning yaqinlarining aytishicha, voqea sodir boʻlgan kuni ayolni yigʻilishga chaqirishgan.
“Soat 17:00 atrofida 18:00da tadbir boʻladi deb, uydan chiqib ketgan edi. Men “bu vaqtda ish tugagan boʻladiku”, degandim. Mahallaning ishi har kuni boʻladi, hattoki yakshanba kuni ham ishga chaqirishardi”,- deydi turmush oʻrtogʻi.
Hozirda holat yuzasidan Pastdargʻom tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.