So`ngi yangiliklar
Botir Zokirov stipendiyasi taʼsis etiladi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “margimush qabristoni” toʻgʻrisidagi xabarlar rostmi?
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Toshkentdagi qoʻporuvchilik harakatlarida ishtirok etgan “Turkiston islom harakati” terroristik tashkiloti aʼzosi Oʻzbekistonga olib kelindi

Oʻzbekiston hududida terroristik jinoyatlarni sodir etganligi uchun 23 yildan buyon qidiruvda boʻlgan “U.S.” xorijda ushlanib, mamlakatga olib kelindi. Bu haqda Effect.uz manbasi xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 1967-yil Toshkent viloyatida tugʻilgan “U.S.” 1998-yilda Chechenistonda jangovar tayyorgarlikdan oʻtib, 1999-yilning 16-fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilgan qoʻporuvchilik harakatlarida ishtirok etadi va oʻsha yilning mart oyida aylanma yoʻllar orqali xorijga chiqib ketadi.
Shuningdek, “U.S.” iordaniyalik Amir Xattob tomonidan Chechenistonda tashkil etilgan jangarilarni tayyorlash lagerlariga “Turkiston islom harakati” xalqaro terroristik tashkilotining Oʻzbekistondan boʻlgan aʼzolarini joʻnatish bilan ham shugʻullangan.
Shuningdek, “U.S.” 2001-yilning noyabr oyida boshqa shaxsning nomiga rasmiylashtirilgan soxta hujjatlar asosida MDHga aʼzo davlatlardan birining fuqaroligini olib, oʻsha mamlakat hududida yashirinib yurgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida “U.S.” hibsga olingan. Hozirda unga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.



