So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Insta-bloger Asad Algoning oʼlimi yuzasidan jinoyat ishi ochildi
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi bloger “Asad Algo”ning oʼlimi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 19 iyulь kuni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam koʼrsatish markaziga 2002 yilda tugʼilgan Аrzikulov Аsadbek ( ijtimoiy tarmoqlarda “ASAD ALGO” taxallusi bilan tanilgan) “Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, bosh subdural gematomasi, boʼyin sohasi qontalashi, ikkala tizzasi va ikkala tirsagida koʼkargan jarohatlari” bilan murojaat qilgan. Shifokorlar tomonidan bu holat haqida zudlik bilan IIOga xabar berilgan.
Oʼrganishlar jarayonida aniqlanishicha, shu yilning 16 iyulь kuni taxminan soat 18.30 larda Mirzo Ulugʼbek tumanidagi bogʼlardan birida 1997 yilda tugʼilgan Аbdulaziz I. tanishi Аsadbek А. bilan oʼrtasida oʼzaro kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan, natijada Аsadbek А. tan jarohati olgan. Soʼng ular oʼzaro kelishib olganligi sababli tarqalishgan. Mazkur holat yuzasidan Аsadbek А. IIOga, shuningdek tibbiyot muassasasiga murojaat qilmagan.
19 iyulь kuni Аsadbek А.ning tobi qochganligi sababli shifoxonaga olib borilgan va uning bosh qismida jarrohlik amaliyoti oʼtkazilgan. Biroq shifokorlarning saʼy-harakatlariga qaramasdan Аsadbek А. vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (“Qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish jabrlanuvchining oʼlishiga sabab boʼlsa”) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



