So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Taʼlimdagi korrupsiya: Toshkentda Milliy-tadqiqot instituti va MCHJ mansabdorlariga jinoyat ishi ochildi
Toshkentda milliy-tadqiqot instituti va MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, sud boshlangan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning fevral oyida fuqaro N.O. tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga qarashli Abdulla Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti mansabdor shaxslari xatti-harakatlari boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurash agentligiga kelib tushgan murojaat koʻrib chiqilib, quyidagilar aniqlangan.
Milliy-tadqiqot instituti tomonidan vazirlikning “Zoʻr” (“Klass”) loyihasi doirasida 2021-2022 oʻquv yillarida hududlardagi maktab oʻquvchilariga rus tilini oʻrgatish uchun 150 nafar rossiyalik mutaxassisning tashrifi koʻzda tutilgan hamda ularning uy ijarasi uchun “Araks Trade Business” MCHJ bilan 8 mlrd 473,4 mln soʻmlik shartnoma imzolangan. Ushbu shartnoma kompleks ekspertizadan oʻtkazilmagan va uni tuzishda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan.
Maʼlumot uchun, “Araks Trade Business” MCHJning 2013-2021-yillardagi taʼsischisi K.F. boʻlib, u 2018-yil buyon Pedagoglarning kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish boʻyicha milliy tadqiqot institutida oʻquv-metodik ishlar boʻyicha prorektor lavozimida ishlagan.
Shartnomaga muvofiq, 149 ta uy-joy ijarasi va koʻrsatilgan xizmatlar uchun haqiqatda sarflangan mablagʻlardan kelib chiqib, Institut tomonidan harajat qilingan summa 4 mlrd. 858 mln soʻmni tashkil etgan.
Biroq 2021-yil sentyabr — 2022-yil iyun oylarida Rossiyadan amalda kelmagan 31 nafar oʻqituvchiga 4 oydan 10 oygacha yashamagan ijara uy-joylari uchun 569.4 mln soʻm ortiqcha toʻlangan.
Shuningdek, uy-joy ijarasi va koʻrsatilgan xizmatlar uchun 4 mlrd 858 mln soʻm toʻlanishi lozim boʻlsada, Institut tomonidan 7 mlrd 052 mln soʻm mablagʻ oʻtkazib berilishi hisobiga “Araks Trade Business” MCHJga 2 mlrd 194,2 mln soʻm mablagʻ ortiqcha toʻlab berilgan va bu mablagʻ keyinchalik oʻzlashtirilgan.
Hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan hujjatlar asosida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijalari boʻyicha Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan institut va “Araks Trade Business” MCHJning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan. Ayni paytda holat boʻyicha sud jarayonlari boshlangan.



