So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Bloger Abduqodir Moʻminov 5 ta modda bilan ayblanmoqda, zarar miqdori 903 mln
Ijtimoiy tarmoqlardagi “Koʻzgu” kanali muallifi Abduqodir Moʻminov joriy yilning fevralida bir qator jinoyatlarni amalga oshirganlikda gumonlanib, hibsga olingan edi.
Oliy sud maʼlumotiga koʻra, Moʻminovning tergov ishi yakunlanib, ish sudga chiqarilish jarayonida. Blogerga oid ish jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudida joriy yilning 25-iyul kuni soat 15.00 da boshlanadi. A.Moʻminov JKning 5 ta moddasi boʻyicha ayblanmoqda.
Qayd etilishicha, u jinoyat kodeksining 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlari, 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b”, “v” bandlari, 4-qismi “a” bandi, 189-moddasi (savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish) 1-qismi va 28,211-moddasi (pora berishda ishtirokchilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, Abduqodir Moʻminov 1990-yil Surxondaryo viloyatida tugʻilgan, “Oynaga qarang” MCHJ rahbari, muqaddam sudlanmagan.
Tasdiqlangan ayblov xulosasiga koʻra mazkur jinoyat ishi boʻyicha 14 nafar jabrlanuvchi mavjud boʻlib, jinoyat oqibatida ularga jami 903 421 567,5 soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.