So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Qoʻqon hokimining qonunchilikka zid qarori bekor qilindi, oʻrniga Bozorovning tegishli qarori tasdiqlangan
Qoʻqon shahar hokimining 2019-yildagi ayrim umumtaʼlim maktablarining bino va yer maydonlarini shahar hokimligi balansiga olish toʻgʻrisidagi qarori bekor qilinib, barcha bino va inshootlar maktablar balansiga qaytarildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qoʻqon shahar hokimining 2019-yil 20-iyundagi “Shahrimizdagi ayrim umumtaʼlim oʻrta maktablarining foydalanilmayotgan binolari hamda samarasiz holatdagi yer maydonlarini shahar hokimligi balansiga qabul qilish toʻgʻrisida”gi 746-sonli qarori bilan, shahardagi ayrim maktablarning bino va yer maydonlari shahar hokimligi balansiga qabul qilingan edi.
Taʼkidlanishicha, oʻtgan 2022-yilda viloyat hokimligi ishchi guruhi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida ushbu qaror bilan amalga oshirilgan amaliyot, mavjud qonunchilikka zid ekani aniqlangan.
Shu uchun 2022-yil 15-noyabrda Qoʻqon shahar hokimining qarorini bekor qilish boʻyicha viloyat hokimining tegishli qarori qabul qilingan. Ushbu qaror bilan shahar hokimligi balansiga olingan bino-inshootlar va yer maydonlarini belgilangan tartibda taʼlim muassasalari balansiga qaytarish belgilangan.
Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qoʻqon shahrida viloyat hokimining yuqoridagi qarori ijrosi taʼminlanmagani yuzasidan xabarlar eʼlon qilindi. Shundan soʻng mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat Viloyat ishchi guruhi, Qoʻqon shahrida oʻrganish oʻtkazib, bekor qilingan qarorga kiritilgan barcha maktablarda viloyat hokimi qarori ijrosi taʼminlanganligi holatini tekshirib chiqqan.
Oʻrganish natijasida qolgan maktablarda bino-inshootlar va yer maydonlari maktab balansiga qaytarilgani, lekin 27-maktabning bino-inshootlari Qoʻqon shahar hokimligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida MCHJ shaklidagi tadbirkorlik subyektiga berib yuborilgani hamda belgilangan tartibda taʼlim muassasasi balansiga qaytarish boʻyicha viloyat hokimining qarori ijrosi taʼminlanmaganligi aniqlangan.
Hozirda viloyat ishchi guruhi tomonidan maktab bino-inshootlari tegishli dalolatnoma bilan taʼlim muassasasi balansiga qaytarilgan.



