So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Haj safariga yuborish tizimida ham korrupsiya bormi?
Toshkent viloyati Angren shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Azizbek Abdukarimov Haj safariga yuborish tizimidagi kamchiliklarda shikoyat qilmoqda. Fuqaroning soʻzlariga koʻra, uning ota-onasi 2017-yil topshirilgan arizaga koʻra, 18 – 19-oʻrinlarda boʻlishgan. Biroq oradan ikki yilcha oʻtib, roʻyxat aks harakat qilib, 21 – 22-oʻrinlarga tushib qolishgan.
Joriy yilning 14-yanvar kuni esa ular tekshirishga borishganda, roʻyxat umuman yoʻqotilib ketganiga guvoh boʻlishgan.
“Ota-onamni Hajga borishga roʻyxatga qoʻygan edik, lekin...” deya soʻz boshlagan murojaatchi.
“Men Abdukarimov Azizbek, Toshkent viloyati Angren shahrida yashayman. 2017-yil yaxshi niyat qilib, ota-onamni Hajga borishga roʻyxatga qoʻygan edik. Shu vaqtda 18-19 oʻrinda edilar. Oradan chamasi 2 yillar oʻtib, tekshirishga borsak 21-22 oʻringa tushib qolipmiz. Roʻyxatga orada kimlarnidir qoʻshib yuborishgan.
2022-yil 14-yanvar kuni yana bordik tekshirishga. Qizigʻi endi roʻyxatga olish daftari yoʻq, umuman topa olishmadi ham. 2020-yil bilan yangi daftar tutishibdi. Ichida umuman hyech nima yoʻq, yangidek turipti. Eski roʻyxat daftarni soʻrasak “men bilmayman, yangi kelganman”, deb iddao qilmoqda Mustaqillik mahallasi raisi Furqat ismli shaxs.
Ota-onam salkam 5 yildan beri roʻyxatda turib umuman oldinga siljimagani mantiqqa toʻgʻri kelmaydi. Sababi roʻyxatda bizdan oldinda boʻlgan 1-2 fuqaroni shaxsan oʻzimiz bilamiz” – deya shu masalada yordam berilishini soʻramoqda Azizbek Abdukarimov.
Mazkur ish yuzasida Din ishlari qoʻmitasi hamda Toshkent viloyati hokimligi tomonidan rasmiy izoh soʻrab, masalaga qonuniy baho berishlarini soʻrab qolamiz.