So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fargʻonada ikki farzandli ayolni zoʻrlagan shaxslar qamoqqa olingan – IIB
Fargʻona viloyatining Beshariq tumanida oilali, ikki nafar farzandli ayolni toʻrt nafar erkak zoʻrlanganligi haqidagi videoxabar Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganildi.
Maʼlum boʻlishicha, 2023-yilning 21-mart kuni fuqaro A.Y. tanishlari I.Yu, J.S. va B.S.lar bilan fuqaro D.U (videotasvirdagi ayol) ni majburlab, Beshariq tumanidagi tashlandiq shiyponga olib borishib, zoʻrlik ishlatib, urib-doʻpposlab, B.S. bilan jinsiy aloqada boʻlgan holatini videotasvirga olishib, ushbu videotasvirni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qoʻrqitib, D.U.ning erkiga qarshi nomusiga tegib, jinsiy ehtiyojlarini qondirgan.
Sud tibbiy ekspertizasining 31.03.2023 kunidagi xulosasida D.U.ning oʻng bilagida qontalashi boʻlib, mazkur tan jarohati ogʻirlik darajasiga koʻra 6 kundan koʻp davom etmaydigan yengil shikastlar toifasiga kirishi, tanasining boshqa joylarida jarohatlar aniqlanmaganligi koʻrsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
29-iyun kuni kuni tergov harakatlari yakunlanib, tegishliligi boʻyicha sudlov organiga yuborilgan.