So`ngi yangiliklar
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
“Dirijyorsiz” qolgan “musiqachilar” yohud “Vagner”ning Arab diyoridagi taqdiri nima kechadi?
Yevgeniy Prigojin boshchiligidagi “Vagner” XHK Rossiyada isyon koʻtarishga harakat qilganidan soʻng, “vagnerchilar”ning Arab diyoridagi taqdiri soʻroq ostida qolmoqda.
Koʻp yillar davomida Vagner jangchilari Suriya, Liviya va qisman Sudandagi jangovar harakatlarda qatnashgan, shuningdek, mahalliy jangchilarni tayyorlash va harbiy texnikaga texnik xizmat koʻrsatish bilan shugʻullangan. Ushbu arab mamlakatlaridagi “vagnerchilar”ning taqdiri hali ham nomaʼlum.
Suriya
“Vagner” XHK 2015-yildan beri Suriyadagi janglarda qatnashib keladi. Jangchilar Damashq, Latakiya, Halab shimolida, Xama, Homs, Tedmur, Dayr-az-Zor, Xasek va Qamishli shaharlarida joylashgan.
Umuman olganda, Suriyada 1200 dan 4000 dollargacha maosh oladigan “musiqachilar” soni 3000ga yetadi.
Wall Street Journalʻga koʻra, 27-iyun kuni Suriyadagi “vagnerchilar”ga Rossiyaning Tartusdagi harbiy bazasiga yoʻl olish buyurilgan.
Sky News Arabia telekanali Pentagonning yuqori martabali mulozimiga tayanib yozishicha, Rossiya harbiy razvedkasi Suriyada “Vagner”ning koʻplab qoʻmondonlarini hibsga olgan.
Liviya
Liviya — “vagnerchilar”ning yarmi Ukrainadagi front chizigʻiga koʻchirilgan boʻlsa-da, ushbu mamlakatda 1500-2000 jangarilar qolgan.
Jangchilar, xususan, Liviyaning sharqiy, janubiy va markaziy qismlaridagi harbiy bazalarda, jumladan, Jufra, Kartabiye va Sitra portidagi harbiy bazalarda joylashgan.
Boshqa mamlakatlardan farqli oʻlaroq, Liviyada ular harbiy vertolyotlar va oʻrta masofaga moʻljallangan “Shell” havo mudofaa tizimlaridan, shuningdek, Rossiyaning koʻp maqsadli MiG-29 samolyotlari va Su-24 qiruvchi samolyotlaridan foydalanadilar.
“Vagnerchilar” 2019-2020-yillarda general Xalifa Xaftarning poytaxt Tripoliga uyushtirgan hujumida bevosita ishtirok etgan.
Sudan
“Musiqachilar” Sudanda 2019-yilda davlat toʻntarishi natijasida agʻdarilgan prezident Umar al-Bashir davridan beri mavjud.
Al-Bashir 2017-yil dekabrida armiya va xavfsizlik kuchlarini qoʻllab-quvvatlash uchun “vagnerchilar”ni Sudanda “M Invest” yarim harbiylashtirilgan guruhi bilan oltin qazib olish boʻyicha kelishuv evaziga joylashtirgan.
“Vagner”ning mavjudligi al-Bashirning agʻdarilishiga toʻsqinlik qilmadi, biroq kompaniya Amir togʻida va Darfurning boshqa bir qancha joylarida oltin qazib olishda davom etmoqda.
Qayd etish kerak, avvalroq “Brifing” telekanali “Vagner” XHK Belarus proksi-tashkilotiga aylanganini va guruh Liviya va Afrikaning boshqa mamlakatlari, Suriya va Lotin Amerikasida oʻz faoliyatini davom ettirishi haqida xabar bergandi.
Eslatib oʻtamiz, Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan kelishilgan holda “Vagner” HXK rahbari Yevgeniy Prigojin bilan muzokara olib borib, Moskvada qoʻzgʻalon koʻtarish fikridan qaytargandi.