So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqandda IT tanlovining tuman va viloyat gʻolibi boʻlgan oʻquvchi eski noutbuk bilan taqdirlandi
Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi 41-umumtaʼlim maktabi 8-sinf oʻquvchisining videomurojaati tarqalmoqda. Oʻquvchi oʻz murojaatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasidagi IT tanlovining tuman bosqichida ham, viloyat bosqichida ham gʻolib boʻlganini aytgan.
Tanlov gʻolibi sifatida oʻquvchiga berilgan noutbukni uyiga kelib ochib koʻrganida avval ishlatilgan, eski ekaniga guvoh boʻlgan. Tanlov gʻolibi noutbukdagi ilovalardan mazkur “sovrin” boshqa bir oʻqituvchining eski noutbuki ekanini aniqlagan. Eski noutbukni gʻolibga kim tomonidan berilganiga aniqlik kiritilmagan.
Mazkur holat boʻyicha Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati quyidagicha munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 6-yanvar kuni Nurobod tumanidagi umumtaʼlim maktablarining 7-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Bir million dasturchi” loyihasi asosida “IT-TANLOV”ning tuman bosqichi boʻlib oʻtgan.
Mazkur musobaqada 41-umumtaʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchisi S.Sattarov faxrli birinchi oʻrinni olib, tuman hokimligining faxriy yorligʻi hamda “Realme C11” rusumli telefon apparati bilan taqdirlangan.
Mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Oʻrganish natijalari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar berilishi aytilgan.
Shuningdek, ushbu holat yuzasidan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi vakillari ham tez orada rasmiy maʼlumot berilishini maʼlum qilishgan.