So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Barmogʻi kesilgan, qoʻli singan” — Chechenistonda hujumga uchragan jurnalistning ahvoli haqida maʼlumot berildi
Chechenistonda hujumga uchragan “Novaya gazeta” jurnalisti Yelena Milashinaning ahvoli yaxshi. Bu haqda rus nashri xabar bermoqda.
“Yelena Milashina Moskva klinikalarida koʻrikdan oʻtkazildi. Tashxislari: yopiq bosh miya jarohati, qoʻl suyaklarining sinishi, 14 tagacha, yumshoq toʻqimalari lat yegan. ahvoli barqaror”, — deyiladi nashrning Telegram kanalida. .
Rossiya Federatsiyasidagi inson huquqlari boʻyicha komissari Tatyana Moskalkova Milashina va Nemovning kaltaklanishi yuzasidan tergov qoʻmitasi va Checheniston prokuraturasiga murojaat qilgan.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya fuqarolarining hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga chek qoʻyilishi, aybdorlar topilib, jazolanishi kerak.

Rossiya Federatsiyasi Jurnalistlar uyushmasi rahbari Vladimir Solovyov vaziyatni oʻrganayotganini aytib, OAV vakillariga qilingan hujumlarni qabul qilib boʻlmasligini taʼkidladi.
Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasi raisi Aleksandr Bastrikin Tergov qoʻmitasining Checheniston boʻyicha tergov qoʻmitasi rahbariga tekshiruv oʻtkazish va hujum fakti boʻyicha hisobot taqdim etishni topshirdi. Checheniston Ichki ishlar vazirligi Milashina va Nemovga qilingan hujum yuzasidan tergov olib bormoqda.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov vakolatli xizmatlarga advokat va jurnalistni kaltaklagan shaxslarni aniqlash boʻyicha barcha imkoniyatlarni ishga solishni topshirganini aytdi.