So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Vertolyot, oltin quymalar va parik — Prigojinning uyi va ofisi tintuv qilindi
Huquq-tartibot idoralari Yevgeniy Prigojinning ishxonasi va uyidan pariklar, qurol-yarogʻ, katta miqdordagi pul va pasportlar topdi, deb xabar bermoqda “Rossiya 1” telekanalining “60 daqiqa” koʻrsatuvida.
Koʻrsatuvda Prigojinning ishxonasi va uyidan olingan, u yerda katta miqdordagi pullar, jumladan, valyuta, shuningdek, pariklar, pasportlar, qurol-yarogʻlar, uy hovlisida turgan kichik vertolyot topilgani tasvirlangan kadrlari eʼlon qilindi.







24-iyunga oʻtar kechasi Rostov-Donuda “Vagner” XHK Janubiy harbiy okrugi shtab-kvartirasini egallab oldi. Mazkur mojaro Yevgeniy Prigojinning Rossiya Qurolli Kuchlari goʻyoki Vagner lagerlariga raketa va bombali hujumlar uyushtirgani haqidagi bayonotidan keyin sodir boʻldi. Biroq uning bayonotini Rossiya Mudofaa vazirligi va FXX rad etdi. Shundan soʻng, Prigojinga qarshi qurolli isyon uyushtirganlik uchun jinoiy ish ochildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin qoʻzgʻolonchilarning harakatlarini jinoiy sarguzasht, Rossiyaning orqasiga pichoq urish va haddan tashqari ambitsiya va shaxsiy manfaatlarga olib kelgan xiyonat deb atadi.
Keyinchalik Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Putin bilan kelishilgan holda Prigojin bilan muzokaralar oʻtkazdi, shundan soʻng Lukashenkoning matbuot xizmati Prigojin uning Rossiyada “Vagner” harakatini toʻxtatish va deeskalatsiya boʻyicha keyingi choralarni koʻrish taklifini qabul qilganini maʼlum qildi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Prigojin Belarusga joʻnab ketishini va jinoiy ish toʻxtatilishini aytdi. 27-iyun kuni Lukashenko Prigojinning Belarus hududiga kelganini tasdiqladi. Hozirda “Vagner” Belorus hududida harbiy lager qurmoqda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir