So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“KompromatUZB” ishi sudda qachon koʻrib chiqilishi maʼlum boʻldi
“Kompromatuzb” ishi boʻyicha sud keyingi haftada jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Shayxontohur tumani sudida koʻrib chiqilishi kutilmoqda. Ayni vaqtda jinoyat ishi sudyalar oʻrtasida taqsimlanyapti.
Xabarga koʻra, quyidagilar ayblanyapti:
Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 25,165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi va 243-moddasi bilan ayblangan X.D. (1984-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan);
Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 25,165-moddasi 3-qismi “a” bandi va 243-moddasi bilan ayblangan S.X. (1983-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan);
Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi va 25,165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblangan A.A. (2004-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan);
Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a”, “b”, “v” bandlari bilan ayblangan M.M. (ayol, 1973-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan).
Ayblov xulosasiga koʻra, jinoyat ishi boʻyicha 19 ta jabrlanuvchi va 10 ta fuqaroviy daʼvogar bor, jinoyat oqibatida ularga jami 5,1 mlrd. soʻm moddiy zarar yetkazilgan.
Eslatib oʻtamiz, shu yil yanvarda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Telegram messenjeridagi Kompromat.uzb va boshqa kanallar orqali amalga oshirilgan jinoyatlarga aloqadorliklari sababli bir necha shaxslarni ushlagandi.