So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Rossiyada erkak migrant multimillionerning sobiq rafiqasini oʻldirib, mashinasi olib qochib ketdi
Rossiyaning Samara shahrida erkak migrant rossiyalik 34 yoshli ayolni oʻldirib, mashinasini oʻgʻirlab, voqea joyidan qochib ketgan.
Kecha, 3-iyul kuni Samara shahrida kunduz kuni yakutiyalik multimillioner Aleksandr K.ning sobiq rafiqasi Yekaterina K. shaxsi nomaʼlum erkak tomonidan oʻldirilib ketildi.
Tergov maʼlumotlariga koʻra, marhuma bundan bir necha kun oldin oʻzining shaxsiy mashinasi — “Land Cruiser” mashinasini sotuvga qoʻygan (mashina narxi 3,6 mln rubl baholangan).

Mashinani sotib olish istagida Yekaterinaga erkak migrant aloqaga chiqqan va mashinani tekshirish maqsadida u bilan koʻrishishni taklif qilgan.

Uchrashuv chogʻida, erkak mashinaning salonini tekshirish bahonasida, rulga oʻtirgan va kutilmaganda ayolni boʻgʻizlab, koʻchaning oʻrtasiga tashlab ketgan.

Vahshiy jinoyat sodir etilganidan bir necha soat oʻtib, gumonlanuvchi shaxs Qozondan 30 km uzoqlikdagi trassada qoʻlga olingan.