So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Chechenistonda jurnalist ayol kaltaklanib, sochi olib tashlandi
Chechenistonda bir guruh qurollangan shaxslar advokat Aleksandr Nemov va jurnalist Yelena Milashinaga hujum qildi. Bu haqda “Memorial” inson huquqlari markazi xabar bermoqda.
Huquq himoyachilariga koʻra, Nemov va Milashinaning mashinasini aeroportdan ketayotgan vaqtida qurollangan shaxslar toʻxtatishgan, soʻng ular jurnalist va advokatni doʻpposlab, texnikalarini olib ketishgan.

Hozir Aleksandr Nemov va Yelena Milashina kasalxonada. Qayd etilishicha, Nemov qiyinchilik bilan gapiradi, Milashinani esa barmoqlari sindirilgan, u vaqti-vaqti bilan hushini yoʻqotib turibdi.
“Milashinaning sochi olib tashlangan va ustidan “zelyonka” quyilgan, butun tanasida koʻkarishlar bor. Uni bu holatda maxsus transport vositalarisiz olib oʻtishning iloji yoʻq”, — deyiladi xabarda.
Aleksandr Nemov va Yelena Milashina 2022-yil yanvarida Checheniston xavfsizlik kuchlari tomonidan Nijniy Novgoroddan oʻgʻirlab ketilgan Checheniston Oliy sudi sobiq sudyasining rafiqasi Zarema Musayevaga ishi boʻyicha sudda qatnashish uchun Grozniyga kelishgan.

Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir