So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunni buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralari kuchaytirildi.
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga kirtilgan oʻzgartirishga koʻra:
Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organiga axborot taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoxud unga bila turib notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganlik:
— fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 10 baravarigacha (990 ming soʻmdan 3 mln 300 ming soʻmgacha);
— mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 300 ming soʻmdan 6 mln 600 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ilgari: fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 5 baravarigacha jarima qoʻllanilgan.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxsi tomonidan xomashyo, tovarlar erkin harakatlanishini va realizatsiya qilinishini hamda xizmatlar koʻrsatilishini qonunga xilof ravishda cheklash:
— BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (9 mln 900 ming soʻmdan 16 mln 500 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi;
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni amalga oshirish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish yoki maxsus elektron tizim vositasida xabarnomalarni qabul qilish vakolatlari yoki roʻyxatga olish yoxud akkreditatsiyadan oʻtkazish vakolatlari berilgan davlat unitar korxonalari yoki muassasalari yoxud yuridik shaxslarning birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan qarorlar qabul qilish:
— BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (9 mln 900 ming soʻmdan 16 mln 500 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir